Quick Share

Katta hajmli fayllarni har doimgidan-da ko'proq qurilmalar bilan oson va tez ulashing


Quick Share funksiyasi yordamida fayllaringizni yaqinlaringiz bilan tez, xavfsiz v oson ulashing. Bor-yo'g'i bir nechta bosish bilan siz surat, video, hujjat va ko'plab boshqa fayllaringizni ulashishingiz mumkin. Siz Samsung Galaxy qurilmangizdagi fayllaringizni boshqa Samsung Galaxy qurilmalari hamda boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo'llab-quvvatlanadigan Android qurilmalari va shaxsiy kompyuterlari bilan ulashishingiz mumkin. 1, 2

Ikki ayol telefonlarini ushlab, gaplashmoqda. Quick Share va Nearby Share funksiyalari endi bitta yangi Quick Share funksiyasiga birlashtirilgan. Displeyda telefonning pastki qismida joylashgan Quick Share tugmasi paydo bo'ladi. Yaqin atrofdagi tugma tez almashish tugmachasiga aylanadi va barmog'ingiz bilan bosiladi. Ekran o'zgaradi va telefonda 2 ta mahsulot va turli xil kontaktlarni ko'rsatadi. Kontaktlar bilan qalqib chiquvchi ekran paydo bo'ladi Ivan kompyuter, Yasemin telefon, Makarena telefon va Mia planshet. Dumaloq harakat har bir ism va Profil fotosurati atrofida amalga oshiriladi va keyin "yuborilgan"ga o'zgartiriladi. Ekran 4 qismga bo'lingan bo'lib, ularning har biri Quick Share funksiyasiga ega telefon yoki noutbukni ko'rsatadi. Har qanday Android qurilmasi bilan ulashing. Hatto katta fayllarni ham Windows kompyuterlari bilan ulashing. Ekranning oxirida Quick Share logotipi ko'rsatiladi. Hoziroq ulashishni boshlang, Quick Share!

Nega Quick Share imkoniyatlaridan foydalanishingiz kerak


QuickShare sizga nafaqat yaqin atrofdagi qurilmalar bilan, balki uzoqdagi qurilmalar bilan, shu jumladan bulut orqali fayllarni oson va tez ulashish imkonini beradi. Yaqin-atrofdagi qurilmalarga ulashish funksiyasi yordamida yaqin-atrofdagi Samsung Galaxy qurilmalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo'llab-quvvatlanadigan Android mobil qurilmalari yoki shaxsiy kompyuterlari bilan fayllarni osongina ulashishingiz mumkin. Kontaktlar bilan ulashish funksiyasi yordamida siz hatto iOS mobil qurilmalaridan foydalanadigan iOS foydalanuvchilari bilan ham push-bildirishnomalar yoki bulutli havolali matnli xabarlar orqali cheklovlarsiz masofaviy axborot almashishingiz mumkin.4 Maxfiy ma’lumotlarni ulashganingizda esa qo‘shimcha xotirjamlik uchun Shaxsiy ulashish funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Yaqin atrofdagi qurilmalar bilan bir nechta bosishda ulashing

Siz turli son va hajmdagi surat, video, hujjat va boshqa turdagi fayllaringizni tezda ulashishingiz mumkin.3
Agarda yaqinlaringiz iOS qurilmalaridan foydalansa ham, siz ular bilan ma'lumotlaringizni QR-kod orqali ulashishingiz mumkin.4

Uzoq masofadan ham yaqinlaringiz bilan ma'lumotlaringizni oson ulashing

Masofa muammo emas. Yaqinlaringiz atrofingizda bo'lmasa ham siz kontaktlaringiz orqali ko'plab qabul qiluvchi qurilma turlari uchun Quick Share funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

*Kontaktlar bilan ulashish funksiyasi hozirgi vaqtda qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun mavjud (shaxsiy kompyuter emas).

*Kontaktlar bilan ulashish funksiyasi hozirgi vaqtda qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun mavjud (shaxsiy kompyuter emas).

Fayllaringizni xotirjam
ko'ngil bilan ulashing

Ma'lumotlaringizni ulashgandan so'ng ham ularning xavfsizligini ta'minlang.
Shaxsiy ulashish yordamida siz o'z fayllaringizning yaroqlilik sanasi va vaqtini belgilashingiz mumkin. Shuningdek, siz qabul qiluvchilarga ekranni suratga olish, fayllarni saqlab olish yoki boshqa foydalanuvchilarga yuborishini cheklab qo'yishingiz mumkin.

* Shaxsiy ulashish funksiyasi faqat Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud.

* Shaxsiy ulashish funksiyasi faqat Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud.

Boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalari bilan oson ulashing

Yaqinlaringiz Samsung Galaxy qurilmalaridan foydalanmasa ham Quick Share yordamida ular bilan fayllaringizni ulashishingiz mumkin. Samsung Galaxy Book qurilmangizdan foydalanib nafaqat Samsung Galaxy qurilmalari, balki boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo'llab-quvvatlanadigan Android qurilmalari va shaxsiy kompyuterlari bilan suratlar, video va fayllaringizni ulashishingiz mumkin.2

  • *Quyida qo'llab-quvvatlanadigan Windows shaxsiy kompyuterlari xususiyatlari bilan tanishib chiqing.
  • *Uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalari bilan fayllarni ulashish uchun mazkur qurilamalarda Google Quick Share o'rnatilgan bo'lishi talab etiladi.
  • *Quyida qo'llab-quvvatlanadigan Windows shaxsiy kompyuterlari xususiyatlari bilan tanishib chiqing.
  • *Uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalari bilan fayllarni ulashish uchun mazkur qurilamalarda Google Quick Share o'rnatilgan bo'lishi talab etiladi.

Quick Share funksiyasidan foydalanish

Shaxsiy kompyuterda Quick Share dan foydalanish

Ko'p Beriladigan Savollar

  • Qaysi qurilmalar Quick Share funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi?

    Quyida Quick Share funksiyasini qo'llab-quvvatlash talablari bilan tanishing

    [Smartphone/Tablet]
    • Android OS 10 (Q OS) yoki undan yangi & One UI 2.1 yoki yangi versiyaga ega Galaxy qurilmalari


    [PC]
    Qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlar
    • OS: Windows 10 2004 yoki undan yangi
    • Bluetooth Driver: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiyasi
    • Wi-Fi Driver: Intel 22.50.07 yoki undan yangi versiyasi

    Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar
    • Samsung Galaxy Book (including Qualcomm-based PCs released in 2020 or later)
    • Intel Bluetooth/Wi-Fi drayveriga ega boshqa ishlab chiqaruvchilarning Windows shaxsiy kompyuterlari


    ※ Quyidagi havoladan foydalanib, boshqa ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy kompyuterlari uchun Google Quick Share-ni yuklab olishingiz mumkin. (https://www.android.com/better-together/quick-share-app/)

    • Quick Share funksiyasi Android 6 (M OS) va undan yangi versiya, Chromebook va ayrim Windows qurilmalarida qo'llab-quvvatlanishi mumkin.
  • Siz Google Quick Share - dan Samsung Galaxy bo'lmagan Android qurilmalari va shaxsiy kompyuterlarida (shu jumladan Chromebooklarda) foydalanishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun "qaysi qurilmalar tezkor almashishni qo'llab-quvvatlaydi?"
  • Yaqin atrofdagi boshqa qurilmalardan fayllarni qabul qilish uchun sizning ekraningiz yongan holatda bo'lishi, "Siz bilan kim ulashishi mumkin" Quick Share sozlamalarida esa "Faqat kontaktkar" yoki "Barcha" tanlangan bo'lishi kerak. Agarda yuboruvchi o'zining Quick Share ekranida sizning qurilmangizni topa olmasa, ularning qurilmalari va o'zingiznikini tanlang. Ammo, bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan qurilmalar, "Siz bilan kim ulashishi mumkin" sozlamasidan qat'iy nazar hamma vaqt bir-biridan fayllarni qabul qilishi mumkin.
  • Quyida "Siz bilan kim ulashishi mumkin" paramterlari keltirilgan.

    • Hech kim: Siz bilan hech kim ulasha olmaydi.
    • Faqat kontaktlar: Sizning Samsung hisob qaydnomangiz bilan kontaktlaringizda saqlangan foydalanuvchilar ulashishi mumkin.
    • Barcha: Yaqin atrofdagi barcha siz bilan ulashishi mumkin.

    * Faqat 10 daqiqa davomida amal qiladi: tanlanganda, funksiya avtomatik tarzda Faqat kontaktlar yoki Hech kim tanloviga o'tadi (Samsung hisob qaydnomasi bilan kirilmaganda)
    * Bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan kirgan qurilmalar sozlamalardan qat'iy nazar o'zaro ma'lumotlarni ulashishi mumkin.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashish
    - Fayllarni mobil tarmoqdan foydalanmasdan ulashish mumkin.

    QR kod yordamida ulashish / kontaktlar bilan ulashish
    - Mobil tarmoqdan foydalanish talab etiladi. Katta hajmli fayllarni Wi-Fi tarmog'iga ulangan holda ulashish qat'iyan tavsiya etiladi.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashilganda fayllarning soni va hajmi borasidagi cheklovlar mavjud emas.
    QR kod yordamida va kontaktlar bilan ulashilganda bir vaqtning o'zida 1000 tagacha faylni ulashish mumkin. Ulashish mumkin bo'lgan bir faylning maksimal hajmi 10 GB hamda kunlik maksimal 10 GB ma'lumotni ulashish mumkin.
    Shaxsiy ulashish yordamida siz bir vaqtning o'zida maksimal 20 tagacha fayl hamda 200 MB hajmgacha ma'lumotni ulashishingiz mumkin.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashilganda fayllarning turi borasidagi cheklovlar mavjud emas.
    Turli tasvir, video, audio, hujjat, APK, URL va boshqa turdagi fayllarni erkin ulashish mumkin.

    QR kod yordamida hamda kontaktlar bilan ulashilganda ayrim turdagi fayllar qo'llab-quvvatlanmaydi:
    Bajariladigan fayllar: .exe, .com, .bat, .cmd, .vbs, .reg, .msi.

    Shaxsiy ulashish yordamida quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar: "jpeg", "jpg", "png", "gif", "bmp", "webp", "heic", "dng"
    • Videolar: "webm", "mp4", "3gp", "3g2", "mkv"
    • Audio: “mp3”, “wav”, “ogg”, “m4a”
    • Hujjatlar: “txt”, “pdf”
  • Shaxiy ulashishdan foydalanish uchun Quick Share interfeysining yuqori qismidagi "Qo'shimcha parametrlar" menyusini tanlang va "Shaxsiy ulashishni yoqish" ni tanlang.
    Shaxsiy ulashish boshqa foydalanuvchilarga ekranni suratga olish, fayllarni saqlab olish yoki qayta yuborishni ta'qiqlaydi.
    Shuningdek siz fayllaringiz uchun amal qilish vaqti va sanasini belgilab, belgilangan muddat yakunlanganidan so'ng foydalanuvchiga ulashilgan fayldan foydalanishni ta'qiqlashingiz mumkin.
    Shaxsiy ulanishdan shxsiy ma'lumotga ega maxfiy fayllar hamda saralangan shaxs uchun mo'ljallangn maxfiy fayllarni ulashish uchun foydalanish tavsiya etiladi.

    *Shaxsiy ulashish Galaxy smartfonlari, planshetlari va Galaxy Book qurilmalarida mavjud.
    *Shaxsiy ulashish funksiyasining mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  • Shaxsiy ulashish yordamida 20 donagacha fayl yoki 200 MB hajmgacha ma'lumotni bir vaqtda yuborishingiz mumkin.
  • Shaxsiy ulashish yordamida quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar: "jpeg", "jpg", "png", "gif", "bmp", "webp", "heic", "dng"
    • Videolar: "webm", "mp4", "3gp", "3g2", "mkv"
    • Audio: “mp3”, “wav”, “ogg”, “m4a”
    • Hujjatlar: “txt”, “pdf”

Nega Galaxy

Hayot Galaxy bilan namoyon

Biz ochiqlikka ishonamiz. Samsung Galaxy yangi imkoniyatlarni ochish uchun yaratilgan. Dunyoda chegaralar qanchalik kam bo'lsa, biz shunchalik uzoqroqqa bora olishimiz mumkin.

 

Galaxy Smartfoni

Galaxy S24Ultra Galaxy S24Ultra
 

Ilovalar va Xizmatlar

Ilovalar va Xizmatlar Ilovalar va Xizmatlar
  • Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  • Funksiyaning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  1. One UI 2.1 yoki undan yangi va Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiyaga ega qurilmalarda mavjud. Qo'llab-quvvatlanadigan shaxiy kompyuterlar o'z ichiga Galaxy Book, jumladan Qualcomm asosidagi 2020 yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi shaxsiy kompyuterlar hamda boshqa ishlab chiqaruvchilarning Intel asosidagi Bluetooth/Wi-Fi drayverlarig ega Windows shaxsiy kompyuterlarini oladi (OS: Windows 10 2004 va undan yangi versiya, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yangi versiya). Quick Share funksiyasi uchun Bluetooth va Wi-Fi ulanish talab etiladi. Quick Share ulashishi mumkin bo'lgan qurilmalar soni ulashayotgan qurilma Wi-Fi chipsetiga qarab farq qilishi mumkin. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

  2. [Smartfon/planshet]
    • Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiya, One UI 2.1 va undan yangi versiyaga ega Galaxy qurilmalari
    [Shaxsiy kompyuter]
    Qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlar
    • OS: Windows 10 2004 va undan yangi versiya
    • Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiya
    • Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yangi versiya
    Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar
    • Samsung Galaxy Book (jumladan Qualcomm asosidagi 2020 yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi shaxsiy kompyuterlar)
    • Boshqa ishlab chiqaruvchilarning Intel asosidagi Bluetooth/Wi-Fi drayverlarig ega Windows shaxsiy kompyuterlari
    • Quick Share quyidagi link boshqa ishlab chiqaruvchilarning kompyuterlari uchun yuklab olishingiz mumkin. (https://www.android.com/better-together/quick-share-app/)
    • Ravon ish jarayoni uchun Windows operatsion tizimi va Bluetooth/Wi0Fi drayverlarining eng so'nggi yangilanishlaridan foydalaning
    • Ishlab chiqaruvchi va modelga qarab mazkur xizmatning ayrim yoki barcha funksiyalari cheklangan bo'lishi mumkin.
       
  3. Quick Share funksiyasi Android 6 (M OS) va undan yangi versiya, Chromebook va ayrim Windows qurilmalarida qo'llab-quvvatlanishi mumkin. Ayrim sozlamalar va funksiyalar farq qilishi mumkin.

  4. QR kod yordamida va kontaktlar bilan ulashilganda bir vaqtning o'zida 1000 tagacha faylni ulashish mumkin. Ulashish mumkin bo'lgan bir faylning maksimal hajmi 10 GB hamda kunlik maksimal 10 GB ma'lumotni ulashish mumkin.Havolaning amal qilish muddati ikki kundan so'ng yakunlanadi. Yuboruvchi qurilmasida Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi hamda yuboruvchi va qabul qiluvchi qurilmalarida internetga ulanish talab etiladi.

    Ayrim turdagi fayllar qo'llab-quvvatlanmaydi:
    • Bajariladigan fayllar (.exe, .com, .bat, .cmd, .vbs, .reg, .msi.)

  5. Shaxsiy ulashish faqat Galaxy qurilmalari o'rtasida qo'llab-quvvatlanadi va bir vaqtning o'zida maksimal 20 tagacha fayl hamda 200 MB hajmgacha ma'lumotni ulashishingiz mumkin.

    Quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar (.jpg, .jpeg, .png, .gif, .bmp, .webp, .heic, .dng)
    • Video (.webm, .mp4, .3gp, .3g2, .mkv)
    • Audio (.mp3, .wav, .ogg, .m4a)
    • Hujjatlar (.txt, .pdf)